08:03 / 27.05.2016
10216

Saudiya Arabistonida mushuklar bilan selfi tushish va pokemon o‘ynash taqiqlandi

Saudiya Arabistonining ilmiy tadqiqotlar va diniy huquq bo‘yicha yuqori qo‘mitasi mushuklar bilan selfi qilish hamda yapon multfilmi «Pokemon»ning qahramonlari ishtirokidagi stol va karta o‘yinlari o‘ynashni taqiqlovchi fatvo (muftiy, mujtoxidlar tomonidan qabul qilinuvchi qandaydir ijtimoiy, siyosiy yoki huquqiy masalalar bo‘yicha qaror) e'lon qildi. Bu haqida Newsweek xabar beradi.

Qirollik aholisiga uy hayvonlari bilan suratga tushishni dinshunos, shayx Saloh Bin Fauzan al-Fauzan man etdi. Bundan tashqari Dinshunoslar qo‘mitasi a'zosi mushuklar bilan olinuvchi selfining zararli tomonlarini alohida qayd etib o‘tdi. Shayxning fikricha, hayvonlar bilan suratga tushish — g‘arb madaniyatiga sig‘inishning bir belgisi. 

«Mushuklarning bu yerda hech qanday gunohi yo‘q. Muammo hayvonlarda emas, balki suratlarda. Butlar haqiqiy din qoidalariga zid keladi. It bilan ham, mushuk yoki bo‘ri bilan ham suratga tushish mumkin emas», — deya ta'kidladi u.

Yana bir boshqa diniy farmonda  «Pokemon» multfilmi bo‘yicha stol va karta o‘yinlarini o‘ynash taqiqlanadi. Fatvoda qayd etilishicha, pokemonlar islom ta'limotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshi chiqadi. O‘yinlar esa nafaqat vaqtni behudaga sarflash hisoblanadi, balki o‘zida sionistik g‘oyalarni ham targ‘ib etadi. Shuningdek, u insonni qimorga o‘rgatadi. .
 

Top