21:03 / 27.05.2016
17488

Shohjahon Jo‘rayevdan yangi klip: «Do‘ndiqqina!»

Shohjahon Jo‘rayev tomonidan kuylangan “Do‘ndiqqina” nomli qo‘shiqqa klipmeyker Shuhrat Mavlonov tomonidan klip suratga olindi. 

Klipni tasvirga olish ishlari Toshkent Davlat Milliy Raqs va Xoreografiya Oliy maktabida bo‘lib o‘tib, unda bosh rolni Halimaxon ijro etdi. 

Qo‘shiq so‘zi muallifi Zohidjon Olov, musiqasi Shohjahon Jo‘rayevga tegishli. 

.Klipda xonanda Shoxjahon Jo‘rayev ilk marotaba yangi imijda, do‘ppi kiygan holda namoyon bo‘ldi. 

Xabaringiz bo‘lsa, ushbu qo‘shiqning 1-kupleti  Shohjahon Jo‘rayevning 2014 yilgi konsert dasturida, ilk marotaba xonanda tomonidan Halimaxonga xazil tariqasida bag‘ishlanib kuylangan edi. 

Endi esa ushbu qo‘shiq klipini saytimiz orqali tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.

Top