12:35 / 27.05.2016
3535

SpaceX kompaniyasi Tailand sun'iy yo‘ldoshiga ega Falcon 9 raketasi parvozini bir kunga surdi

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Tailandning Thaicom 8 telekommunikatsion yo‘ldoshini orbitaga olib chiqishi kerak bo‘lgan Falcon 9 raketasi parvozini kamida bir kunga ko‘chirdi, deb xabar berilmoqda kompaniya tvitterida. 

Xabarda ta'kidlanishicha, "ehtiyot chorasi sifatida raketa parvozi ko‘chirildi va ma'lumotlarni qo‘shimcha tahlil qilish uchun ertadan oldin bo‘lmagan vaqtda amalga oshiriladi". 

Raketa Kanaveral burnidagi kosmodromdan 27 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:40da uchirilishi kerak edi, biroq parvoz 2 soatga, keyinroq esa noma'lum muddatga ko‘chirildi. 

Ta'kidlanishicha, parvozning ko‘chirilishiga "yuqori bosqich dvigateli privodi harakatidagi kichik nosozlik" sabab bo‘lishi mumkin.

Top