Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomobil va suv transporti agentligi rahbarining "Tabiiy siqilgan, suyultirilgan gazlarda yoki dizel va gaz yoqilğisi aralaşmasida harakatlanuvçi avtotransport vositalarining yonğinga qarşi himoya hamda xavfsizlik texnikasi instruksiyasini tasdiqlaş haqida" buyruği loyihasi muhokama qilinmoqda.

Uşbu hujjatda, xususan, gaz ballonda haraktlanuvçi avtomobillarga nisbatan  «Diqqat gaz» belgisini joriy etiş taklifi berilgan.

Metall gaz ballonlarining xizmat qiliş muddati işlab çiqaruvçi zavod tomonidan belgilanadi:

- siqilgan tabiiy gaz ballonlari uçun - 15 yil yoki 15 ming marta töldiriş;

- suyultirilgan gaz ballonlari uçun - 15 yil.

Xizmat muddati tugagandan söng (yoki 15 ming marta töldirilgandan söng) gaz ballonlari utilizatsiya qilinadi.

Avtotransport vositasiga örnatilgan barça gaz barça gaz ballonlari belgilangan muddatga muvofiq davriy texnik taftişdan ötişi lozim:

- siqilgan tabiiy gaz ballonlari - uç yilda bir marta;

- suyultirilgan gaz ballonlari - ikki yilda bir marta.

Mazkur instruksiya avtomobildagi gaz ballon uskunasining montaj işlarini işlab çiqaruvçi zavodda yoki maxsus ixtisoslaştirilgan taşkilotda amalga oşirilişini közda tutadi. 

Özbekistonda avtotransport vositalariga faqat metall korpusli siqilgan tabiiy gaz ballonlarini örnatişga ruxsat beriladi.

Siqilgan va suyultirilgan tabiiy gaz ballonlarida harakatlanuvçi avtomobillarning gaz ballonlari qizil rangga böyalib, ularda "metan" va "propan butan" yozuvlari böladi.