08:19 / 27.05.2016
4999

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya kemalariga ogohlantiruvchi o‘t ochdi

Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari Shimoliy Koreya baliq ovlovchi kemasi va patrul kateri ikki davlat o‘rtasidagi ajratuvchi chiziqni kesib o‘tgandan keyin ularga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, Shimoliy Koreyaning ikkala kemasi ham janubliklar artilleriyadan 5 marta o‘q uzgandan keyinoq hududni tark etgan.

Top