14:59 / 28.05.2016
17064

Andijon san'at kollejining 50 yilligi tantanalari bo‘lib o‘tdi

Andijondan muxbirimiz Elmurod Ermatov xabar beradi:

Bugun Z.M. Bobur nomli viloyat musiqali drama teatrida Andijon san'at kolleji tashkil topganligining 50 yilligi munosabati bilan yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Muhammadjon Nishonov ochib, yurtimizda o‘z nufuziga ega kollej jamoasini atoqli sana bilan qutlash bilan birgalikda bilim dargohining bir guruh pedagoglariga viloyat hokimligining fahriy yorliqlarini topshirdi.

So‘ng san'at kollejining o‘qituvchilari va iqtidorli o‘quvchilari tomonidan katta konsert dasturi namoyish qilindi.

Shu kungacha Andijon san'at kollejini bitirgan o‘quvchilarning umumiy soni yetti ming nafardan oshdi. Ular orasidan el nazariga tushgan, nafaqat Respublikamizda balki horijda ham o‘z iste'dodlari bilan o‘zbek milliy san'atini butun dunyoga namoyish etgan taniqli hofizlar, xonanda va sozandalar, artist va raqqosalar yetishib chiqdi.

O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Yo‘ldoshev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Avazbek Mallaboyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Raisa Chepcherenko, Shohida To‘xtaboyeva, Hurriyat Isroilova, Mavluda Boymatova, Tursunboy Parpiyev, Furqat Ashuraliyev, Elmurod Ahmedov, Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rasuljon Uraimjonov, “Shuhrat” medali sovrindorlari Yusuf Ismoilov, Xotiraxon Akramova, Rustamjon Mamatqulovlar shular jumlasidandir.

Kollej jamoasi shu kungacha 200 nafardan ortiq Respublika ko‘rik - tanlovlari g‘oliblari va diplomantlarini, davlat mukofotlari sohiblarini yetishtirib chiqardi.

Jumladan:

1 nafar O‘zbekiston Xalq artisti –

1 nafar O‘zbekiston Xalq xofizi –

8 nafar O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan artistlar –

1 nafar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi –

7 nafar “Nihol” davlat mukofoti sovrindorlari –

3 nafar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari –

4 nafar Xalqaro ko‘rik tanlovlar sovrindorlari –

100 nafardan ortiq Respublika ko‘rik tanlovlari sovrindorlari –

3 nafar “Shuhrat” medali sohiblari yetishtirib chiqargan san'at koshonasida, bugungi kunda 15 nafar bosh o‘qituvchi, 19 nafar yetakchi, 42 nafar katta o‘qituvchi, 116 nafar oliy ma'lumotli, 56 nafar o‘rta-maxsus ma'lumotli, 248 nafar o‘qituvchi - murabbiylar iste'dodli yoshlarga san'at sirlarini puxta o‘rgatib kelmoqdalar.

 

Elmurod ERMATOV, Andijon

Top