11:46 / 28.05.2016
3862

«Anji» Rossiya professional futbol ligasidagi o‘rnini saqlab qoldi

Maxachkal'aning "Anji" jamoasi, RFPLning yangi mavsumida to‘p surish huquqini saqlab qolish uchun o‘tkazgan javob o‘yinida «Volgar»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, professional ligadagi o‘rnini tayin qildi. 

Futbol. Rossiya — O‘tish o‘yinlari. 2 o‘yin. 
«Anji» (Maxachkal'a) — «Volgar» (Astraxan) — 2:0
Gollar: Lazich, 7 (1:0); Boli, 34 (2:0).
Ogohlantirishlar: Gasanov, 50 — Bayryyev, 67; Zuykov, 72; Gazzayev, 87.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yinda ham 1:0 hisobidagi g‘alabani «Anji» qo‘lga kiritgan edi.

Top