23:57 / 28.05.2016
4846

CAS futbolchi Diarraga "Lokomotiv"ga 10 mln yevro jarima to‘lash majburiyatini qo‘ydi

Lozannadagi sport hakamlik sudi (CAS) "Marsel" klubi yarimhimoyachisi Lassana Diarrani Moskvaning "Lokomotiv" klubiga shartnomani muddatdan avval buzgani uchun 10 mln yevro miqdorida tovon puli to‘lash majburiyatini qo‘ydi, deb xabar bermoqda RMC. Bundan tashqari, 31 yoshli fransuz CAS’ga 110 ming yevro to‘laydi.

Diarra, shuningdek, 15 oyga diskvalifitsiya qilingan edi va u bu muddatni o‘tab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Diarra "Lokomotiv"dan ketib qolgandan keyin, Xalqaro futbol federatsiyasi uni avvalgi jamoasiga 12 mln yevro tovon puli to‘lashga chaqirgandi. Shundan keyin futbolchi FIFAning bahslarni hal qilish bo‘yicha palatasining qarori ustidan CAS’ga shikoyat qilgandi, biroq hakamlik sudi shikoyatni rad etgan.

Top