15:11 / 28.05.2016
30316

Dunyodagi eng ulkan va hashamatli yaxtalar o‘ntaligi

Xususiy yaxta — nafaqat hashamatli kema, balki dabdabali hayot tarzi hamdir.  Bunday kemani faqatgina moliyaviy tomondan yetishmovchiligi yo‘q, badavlat insonlar sotib olishi mumkin.  Yaxtalar buyurtma asosida quriladi. E'tiboringizga so‘nggi yillar ichida qurilgan eng katta va hashamatli yaxtalarni havola etamiz.

Al-Salama

Uzunligi: 139 metr
U Saudiya qirollik oilasiga mansub yer yuzidagi eng katta va dabdabali yaxta xisoblanadi. 

Ocean Victory

Uzunligi: 140 metr
Yaxta haqidagi ma'lumotlar sir saqlanab, keng ommaga oshkor etilmagan. Ocean Victory yettita paluba, oltita suzish basseynlari va katerlar uchun garajga egaligi taxmin qilinadi.

Yas

Uzunligi: 141 metr
Yaxta Yas 2011 yilda Abu Dhabi MAR xoldingi tasarrufida qurilgan. Kemani qurish uchun holland harbiy kemasining eritmasidan qolgan  po‘lat ishlatilgan. Yaxta egasi o‘z nomini sir saqlashni ma'qul ko‘radi.

El Horriya

Uzunligi: 146 metr
Kema 1865 yilda usmoniy gubernator uchun qurilgan. U 119 yil davomida dunyodagi eng katta yaxta sifatida e'tirof etilgan. Biroq keyinroq paydo bo‘lgan zamonaviy yaxtalar undan bu maqomni olib qo‘yishgan. 

Shahzoda Abdulaziz

Uzunligi: 147 metr
Saudiya qirollik oilasiga mansub yana bir yaxta 1984 yilda qurilgan bo‘lib, hozirda uning qiymati 184 million dollarni tashkil etadi. Ichki interer "Titanik"ning oliy tabaqa vakillari uchun qurilgan salon eskiziga asoslangan. 

Topaz

Uzunligi: 147 metr
Berlinda qurilgan Topaz yaxtasi 2012 yilda suvga tushirilgan va narxi 527 million dollarga yaqin bo‘lgan. Yaxta bortida sport zali, kinoteatr, jakuzi va anjumanlar zali mavjud. 

Al Said

Uzunligi: 155 metr
Yaxta 2006 yili sulton Qobus Ummon Al Said uchun qurilgan. U barcha ulkan yaxtalar ichida eng katta hajmga ega — deyarli 15 000 tonna atrofida. Kema ichida 50 kishi uchun mo‘ljallangan shaxsiy orkestrli konsert zalining mavjudligi yaxtaning qanchalik haybatli ekanligidan dalolat beradi.

Dubay

Uzunligi: 162 metr
Mazkur gigant yaxta Bruney shahzodasi Jyefri uchun 1996 yilda qurilgan bo‘lib, ayni damda u shayx Muhammad bin Rashid al-Maqtumga tegishli. Dubay 21 metr kenglikdagi anjumanlar zaliga ega.

Eclipse

Uzunligi: 162,5 metr
Kattaligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi superyaxta 2009 yilda suvga tushirilgan va qiymati 500 million dollarga yaqin bo‘lgan. Bu yaxtani rossiyalik milliarder Roman Abramovich buyurtma asosida qurdirgan. Hozirda yaxta Abramovichning Karib dengizidagi shaxsiy oroliga mehmonlar tashuvchi transport vositasi vazifasini bajaradi.

Azzam

Uzunligi : 180 metr
Lurssen Yachts nemis kompaniyasi tomonidan qurilgan dunyodagi eng ulkan hususiy superyaxtaning egasi o‘zi haqidagi ma'lumotlarni oshkor etmagan. Yaxtaning qiymati 600 million dollarga baholangan.

Top