15:22 / 28.05.2016
3415

Hindiston kimyo zavodidagi portlash qurbonlari soni 12 kishiga yetdi

Hindistonning Maxarashtra shtati kimyo zavodida ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 12kishi qurbon bo‘lgan, deb xabar qilmoqda favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash milliy markazida. Bundan avval, 5 nafar qurbon va 120dan ortiq jabrlanganlar xususida so‘z borgan edi. 

Hodisa, 26 may kuni ertalab Mumbay shahridan 50 km uzoqlikdagi Dombivali shahridagi kimyo zavodida ro‘y bergan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlash yong‘inga sabab bo‘lgan. Zavoddagi kimyoviy moddalar ko‘pligi bois, alanga tez sur'atlarda atrofga tarqalgan. 70dan ortiq jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, qolganlarga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Halok bo‘lganlar orasida, zavodning egasi bo‘lgan Probace Enterprises kompaniyasi bosh direktorining ikki o‘g‘li va kelini ham borligi aytilmoqda. 

Huquq-tartibot idoralari, firma xo‘jayinlariga bir necha moddalar, xususan, "ehtiyotsizlik tufayli o‘limga sabab bo‘lish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochgan.

Top