16:11 / 28.05.2016
7815

Quyoshdagi ulkan shohona tuynuk videosi namoyish etildi

Amerikaning NASA agentligi Quyoshdagi ulkan shohona tuynuk videosini namoyish etgan.  Animatsion lavhalar uchun suratlarni 2016 yil 17-19 may kunlari SDO (Solar Dynamics Observatory) kosmik stansiyasi tomonidan Quyoshning yuqori yarim sharligida olingan, deb xabar qilgan NASA.

Shohona tuynuklar, Quyosh atmosferasining past zichlikdagi hududlari hisoblanadi, ya'ni uning atrofidagi kengliklarga nisbatan yulduz materiyasiga ega bo‘ladi. Uning harorati ham past bo‘ladi. 

Ular suratlarda atrofiga nisbatan to‘q rangda bo‘ladi. Tuynuklar aslida ultrabinafsha nur(inson ko‘zi ilg‘amaydigan yorug‘liq)da ko‘rinadi. NASA videosida esa, u binafsharangda ko‘rsatilgan. 

Shohona tuynuklar Yer atrofidagi fazoviy ob-havoni tushinish uchun zarur. Bu esa, ularning yuqori energetik zarralar manbasi bo‘lganidadir. Ular Quyosh shamolining boshqa turlaridan 3 marta tezdir. 

Shohona tuynuklar kelib chiqish tabiati hanuzgacha noma'lum. Ular, Quyoshning kuchli magnit liniyalari qayta saflanishi yuz berayotgan hududlarda paydo bo‘ladi, deb hisoblanadi.

Top