12:51 / 28.05.2016
8729

Tamagir davlat xodimi yirik jarimaga tortildi

Buxoro viloyat nazorat-taftish boshqarmasida ishlovchi O‘ktam Davlatov Buxoro tumanida yashovchi fermer Sattor Shoniyozovga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) onasi Shamsiya Akramovaga jamg‘arma tomonidan asossiz ravishda pensiya to‘lovlari ortiqcha tayinlangan, degan xulosani ro‘kach qilib, pora talab qiladi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

2015 yil 14 yanvar kuni Sh.Akramovaga tayinlangan pensiyani ko‘rib chiqmaslik, tekshirish natijalarini qayj etmaslik “sharti” bilan S.Shoniyozovdan 200 ming so‘m pulni tamagirlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi.

O‘ktam Davlatovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va Kogon shahar sudining hukmiga binoan u 3 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum etilib, eng kam oylik ish haqining 80 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Top