11:34 / 29.05.2016
9539

IShID jangarilari Halabdagi bir qancha qishloqlarni egallab oldi

IShID jangarilari Suriya shimolidagi Halab hududida hujum qilishda davom etib, bir qancha qishloqlarni qo‘lga kiritgan.

"IShID jangarilarining Suriya ozodlik armiyasi pozitsiyalariga hujumga o‘tishi oqibatida Halabdagi Azaz tumanida Kafer-Breysha, Tatiya, Niara, Kafer-Kalbin va Jibrin hududlari boy berildi", deyilgan Suriya Mudofaa vazirligi xabarida.

Shuningdek, "Front an-Nusra" jangarilari 28 may kuni davomida minomyotlardan Halabdagi aholi turar joylarini va An-Nayrab aeroportini o‘qqa tutgan.

"Jabhat an-Nusra jangarilari harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha sulhni buzish uchun harakatlarni davom ettirmoqda. Kun davomida Halabdagi shayx Maqsud va Al-Xolidiya kvartallari o‘qqa tutildi", deyilgan Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

Shuningdek, Lataqiya viloyatida jangarilar Rasha, Ard-al-Vata va Kermel punktlariga hujumlarni davom ettirmoqda.

Top