07:44 / 29.05.2016
7620

Krishtianu Ronaldu: "Men g‘alaba golini kiritishimni his qilgandim"

11 marotaba Chempionlar Ligasini yutgan Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu g‘alabadan keyin o‘z hissiyotlari bilan bo‘lishdi.

"Atletiko" bilan o‘tgan uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasi esa 4:3 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘ldi. Ronaldu ushbu seriyadagi oxirgi – g‘alaba to‘pini kiritdi.

"Men juda xursandman. Biz bu muvaffaqiyatni muxlislar bilan bo‘lishmoqchimiz. Men hozircha oilam bilan ko‘rishmadim, biroq bu g‘alaba ular, o‘yinchilar va barchaning g‘alabasidir. Muxlislarimizga kattakon rahmat.

Men g‘alaba to‘pini kiritishimni oldindan his qilgandim. Men Zidanni menga 5-penaltini tepishga ruxsat berishini so‘radim, chunki men g‘alaba to‘pini kiritishimni bilardim.

Zidan a'lo darajada ishladi. U bu g‘alabaga munosib, chunki u juda kamtar va men u uchun xursandman.

"Oltin to‘p, deysizmi? Birinchi navbatda Chempionlar Ligasini yutish va eng yaxshi to‘purar bo‘lish kerak edi. Men ketma-ket 7 mavsumdan beri 50 tadan ko‘p gol urmoqdaman, bu tarixda hali bo‘lmagan", deb o‘z natijalari bilan maqtanib qo‘ydi Ronaldu.

Top