02:34 / 29.05.2016
26471

"Real" Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi

Italiyaning Milan shaxrida Yevropa Chempionlar ligasi final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Madridning ikki jamoasi – "Real" va "Atletiko" o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida jamoalar shiddatli va chiroyli o‘yin namoyish qilib berishdi. Dastlab "Real" jamoasi yuzaga kelgan "standart"dan unumli foydalanib xisobda oldinga chiqib oldi. Toni Kroosning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to‘pini Beyl boshi bilan Ramosga "skidka" qildi, Ramos esa Oblakni 2 metr masofadan dog‘da qoldira oldi - 1:0. Birinchi bo‘lim "Real"ning g‘alabasi bilan tugadi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasida penalti ishlab olgan "Atletiko" undan unumli foydalana olmadi! Antuan Grizmann tepgan to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Uchrashuvning 79 daqiqasiga kelib hisob tenglashdi. Karrasko 3 metrdan to‘pni darvozaga joyladi.

O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. 

Barchasiga penaltilar seriyasi oydinlik kiritdi. 

O‘ziga xos lotereyada "Real" omadliroq bo‘lib chiqdi. Atletiko" himoyachisi Xuanfran yo‘llagan zarba ustunga tegib qaytdi. Krishtianu Ronaldu so‘nggi bo‘lib nuqta yaqinlashdi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi — 5:3!

Shu tariqa "Real" 11 marta Yevropaning eng kuchli jamoasi degan unvonni qo‘lga kiritdi.

Yevropa Chempionlari ligasi. Final.

"Real" - "Atletiko" 1:1  (Penaltilar seriyasi - 5:3)
Gollar: Ramos 15, Karrasko 79
Amalga oshirilmagan penalti: Grizman 46.
Ogohlantirishlar: Karvaxal 11, Navas 46, Torres 61, Godin 67, Gabi 90, Danilo 93, Pepe 112
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 5:3.

"Real": Keylor Navas, Marselo, Pepe, Serxio Ramos, Dani Karvaxal (Danilo 52), Luka Modrich, Toni Kroos (Isko 72), Kasemiro, Garet Beyl, Karim Benzema (Vazkez 77), Krishtianu Ronaldu.

Zaxira: Kasilya, Nacho, Xames, Lukas Vaskes, Xese, Isko, Danilo.

"Atletiko": Yan Oblak, Xuanfran, Diyego Godin, Savich, Filipe Luis (Ernandez  109), Augusto Fernandes (Karrasko 46), Gabi, Koke (Partey 116), Saul Niges, Fernando Torres, Antuan Grizmann.

Zaxira: Moyya, Korrea, Ferreyra-Karrasko, Tyagu, Teyye, Ernandes, Ximenes. 

Top