10:30 / 29.05.2016
6235

Zidan: «YeChLni murabbiy sifatida yutish futbolchi sifatida yutishdan o‘zgacharoq ish»

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan YeChL finalida «Atletiko» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘yin jismonan katta kuch talab qildi, shunday bo‘lishi ham tabiiy. Shuningdek, katta ruhiy bosim bor edi, lekin biz buni yengib o‘ta oldik. O‘yin oxirida jang qilishga to‘g‘ri keldi va biz bu vazifani uddaladik.

Men bu g‘alaba haqida orzu qilardim. Qachonki prezident menga bu jamoani boshqarish imkonini berganida, bunday mahoratli futbolchilar jamlangan jamoa bilan jiddiy yutuqlarga erishishim kerak edi va bugun biz shunday yutuqni qo‘lga kiritdik.

Men hayotim shunday katta jamoa bilan bog‘liqligidan baxtiyorman, avvaliga futbolchi sifatida, keyin yordamchi murabbiy sifatida, endi esa bosh murabbiy sifatdai shu jamoadaman. Men bu katta oilaning bir a'zosi ekanimdan faxrlanaman.

Ikki jamoa ham yo‘lni oxirigacha bosib o‘tdi - penaltilar seriyasigacha. Penaltilar seriyasi bizning foydamizga hal bo‘ldi, ammo barchasi boshqacha tus olishi ham mumkin edi. «Atletiko» va Simeoneni bu o‘yin uchun tabriklayman. Simeone buyuk murabbiy.

Anchelotti menga shunday degandi: «Yevropa chempionlar ligasida murabbiy sifatida g‘alaba qilish, unda futbolchi sifatida g‘alaba qilishdan o‘zgacharoq bo‘ladi».

Krishtianu jarohat olgani yo‘q. U barcha bilan birga g‘alaba uchun hissa qo‘shdi. U bilan barchasi joyida, u kurashdi, tinimsiz yugurdi va ko‘p foydali ishlarni bajardi. U hamisha sheriklari uchun o‘ynagan.

Biz u bilan penalti tepish masalasini muhokama qildik», – deya qayd etgan Zidan.

Top