14:06 / 30.05.2016
3562

BMT bosh kotibi Janubiy Koreya prezidentligi uchun nomzodini qo‘ymasligini bildirdi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun, kelgusi yili Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tajak prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surishi to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi, deb xabar qilmoqda Ryonxap agentligi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Pan Gi Mun muddati yakuniga yetguncha, BMT bosh kotibligi majburiyatlariga diqqatini qaratish niyatida. U shu yilning 1 dekabrida bosh kotiblik vazifasini topshiradi. 

O‘tgan haftada Koreya nashrlari, go‘yoki Pan Gi Mun 2017 yil dekabr oyidagi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surish maqsadini bildirgani to‘g‘risida xabarlarni chop etgan edi.  

"Istardimki, OAVdagi xabarlarda, mening Janubiy Koreyaga tashrifimga oid tushunmovchiliklar boshqa qaytarilmaydi", — degan Pan Gi Mun, Kyonju shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning nohukumat tashkilotlari uchun konferensiyasida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashrif shaxsiy va siyosiy qadamlar bilan umuman bog‘liq emas. 

Ryonxapning qayd etishicha, Pan Gi Mun haqiqatdan ham mamlakat prezidentligi uchun nomzodini qo‘yishi haqida biron marta bo‘lsin so‘z yuritmagan.

Top