08:08 / 30.05.2016
5051

Xitoy Xalq banki yuan kursini 2011 yilning fevralidagi minimumgacha zaiflashtirdi

Xitoy Xalq banki yuanning dollarga kursini 0,43 foizga zaiflashtirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, Xitoy Xalq banki yuanning dollarga o‘rtacha ayirboshlash kursini 6,5784 yuan miqdorida o‘rnatdi. Bu o‘tgan juma kunidagi kursdan 294 punktga ko‘proqni tashkil qildi, o‘shanda yuan kursi 6,5490 bo‘lgandi.

Aytilishicha, yangi kurs Xitoy valyutasining 2011 yil fevralidan beri eng past ko‘rsatkichi bo‘ldi.

Top