10:36 / 30.05.2016
3957

Xorazmda litsenziyasiz taksichilik qilayotgan haydovchilardan 370 mln so‘m jarima undirildi

Yanvar-aprel oylari davomida Xorazm viloyati tumanlarida o‘tkazilgan 74ta reyd tekshiruvlarida litsenziyasiz avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq 669ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi xabar bergan.

Sud organlari tomonidan 588 nafar haydovchidan 370,35 mln so‘m miqdorida jarimalar undirildi. Qolgan haydovchilar bo‘yicha hujjatlar sud organlariga ijro uchun topshirildi.

Xabarda keltirilishicha, O‘zADTAning hududiy bo‘limi viloyat IIB YHXB va soliq idoralari bilan hamkorlikda hududdagi tashuvchilar bilan keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 

Top