17:07 / 30.05.2016
4059

Mashinalar bizning o‘rnimizni egallamaydi - ular bizni rivojlanishga undaydi

Insoniyat tarixi davomida biz ishlarimizni tezroq, yaxshiroq va arzonroq amalga oshirishga ko‘mak beruvchi ko‘plab asbob-uskunalarni yaratganmiz. Biroq bu uskunalarni o‘zimiz boshqarib kelganmiz. 

Butun tarix davomida yaratilgan buyumlar quyidagicha ishlab chiqariladi: avval miyada g‘oya paydo bo‘ladi, keyin u qog‘ozga tushiriladi. Biroq so‘nggi yillarda dizaynda yangi davr boshlandi: generativ dizayn. 

Bir necha kun avval bo‘lib o‘tgan konferensiyada Autodesk vakili Jyeff Kovalskiy generativ dizayn haqida so‘zlab berdi. U generativ dizaynning dizayner va muhandislarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri operatordan kuratorgacha, so‘ngra murabbiygacha evolyutsiyalashtirish imkonini berishini ta'kidladi.  

Bayk

Dizaynning yangi sohasi qiziqarli bo‘lsa-da, u o‘ziga yarasha xavfga ham ega. Autodesk Dreamcatcher kabi kompyuter dasturi bir necha soatlarda yuzlab ajabtovur dizaynlarni yarata olsa, inson esa bir dizaynni yaratishi uchun bir necha kunlar kerak bo‘lsa - dizayner rolining holi ne kechadi? Bizni kompyuter va robotlar tufayli ish o‘rinlarimizni yo‘qotishimiz mumkinligi haqidagi fikr tez-tez bezovta qiladi, mashinalar bilan munosabatlarimiz bizni o‘zgartira olishini, ya'ni bizni yanada ijodiy va erkin qilishini tasavvur ham qila olmaymiz.

Generativ dizaynda boshqa uskunaga operatorlik qilishga hojat yo‘q, inson ozod qilinadi va kuratorga aylanadi; u eng mukammal dizaynni yaratishda kompyuter bilan birga ishlashni boshlaydi. Imkoniyatlar xilma-xilligini hisobga olib, biz o‘zimizga mos dizaynni tanlab olishimiz mumkin. 

Kovalskiy aytganidek, "Loyihalashtirishning yangi uskunasini o‘zlashtirish haqida necha marta gapirdingiz? O‘ylashimcha, loyihalashtirish instituti sizga o‘rgatadigan vaqt keldi".

 

Top