22:19 / 30.05.2016
6838

Ronaldu: «Tanqidchilar bilan ishim yo‘q, men mavsumda «Real»ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldim»

Yevropa chempionlar ligasi finalida g‘olib chiqqan «Real» jamoasi yetakchisi Ronaldu o‘yindan keyin o‘ziga bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

Portugaliyalik hujumchi YeChL g‘olibligini o‘z muxlislariga bag‘ishladi.

«Tanqidchilar bilan ishim yo‘q. Men hamisha o‘zimni sevgan kishilar bilan yaqin bo‘lganman. YeChLdagi bu g‘alaba ular uchun, Portugaliyada va butun dunyoda hamisha meni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarim uchun. Men bu mavsumda 4 ming daqiqadan ko‘proq vaqt o‘tkazdim. Bu vaqtning katta qismida jamoadagi asosiy futbolchi sifatida harakat qildim. Mavsumda jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldim. Bu men uchun ko‘p narsani anglatadi. Bu mening sport formam yuqori darajada ekanidan dalolatdir. Men hali o‘zimni juda yetuk sezmoqdaman. Albatta, mavsum oxirida charchoq ham seziladi, men ko‘p vaqtni oyoqda o‘tkazaman. Lekin men hali ko‘p ish qilishim kerak. Hali ishdaman», – deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Ma'lumot uchun, ushbu mavsum bilan qo‘shib hisoblaganda Ronaldu olti mavsumdan buyon 50tadan ortiq gol urmoqda.

Top