09:18 / 30.05.2016
3492

Top Gear ko‘rsatuvi katta tanaffusdan keyin yana efirga chiqdi

29 may kuni deyarli bir yillik tanaffusdan keyin Britaniya televideniyesida avtomobil haqidagi Top Gear ko‘rsatuvi yana efirga chiqdi. Ko‘rsatuvdan uning avvalgi boshlovchisi Jyeremi Klarkson janjal bilan ketgandan keyin, ko‘rsatuv prodyuserlari uni shoumen Kris Evans va "Do‘stlar" seriali bo‘yicha taniqli bo‘lgan aktyor Mett Leblan bilan almashtirishdi.

Ko‘rsatuvning 23-mavsumining birinchi sonida yangi boshlovchilar nemis poygachisi Sabina Shmitts bilan Dodge Viper ACR va Chevrolet Corvett Z06 superkarlari, Ariel Nomad yo‘ltanlamasi, armiya yo‘ltanlamaslari Willys va Land Rover hamda uch g‘ildirakli Reliant Rialto retro-avtomobillarini sinovdan o‘tkazishdi.

Ko‘rsatuv mehmonlari amerikalik aktyor Jyessi Ayzenberg va mashhur oshpaz Gordon Ramzi bo‘ldilar. Ular "Yulduz ralli avtomobilida" deb nomlangan yangi rubrikani taqdim qilishdi. U avvalgi "Yulduz hamyonbop avtomobilda" rubrikasining o‘rniga chiqadi.

Top Gear’ning taniqli va katta haq oluvchi shoumen Evans bilan shartnomasi 3 yilga tuzilgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Top