15:58 / 31.05.2016
7552

Asos internet-do‘konidan olingan jinsi surati internetda mashhur bo‘lib ketdi

Internet-do‘kondan xarid qilingan gigant jinsilarning surati bir dunyo hazil-mutoyibalarga va muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb yozadi Mashable.

Asos xaridorlaridan biri tvitterda pochta orqali qabul qilingan buyurtma - oddiy jinsi shimining rasmi bilan bo‘lishdi. Buning nimasi ajablanarli dersiz? Gap shundaki, bu shim kundalik shimlardan bir necha barobar uzun.

"Bu aniq 32-o‘lcham emas", - deya izoh qoldirgan surat ostiga Jorj Riggal. 

Suratdan shimning egasidan ancha uzunligi yaqqol ko‘rinib turibdi.

Buni ko‘rgan internet foydalanuvchilari fleshmobni darhol "ilib olib", o‘zlaridan ancha katta o‘lchamdagi jinsilar suratini qo‘ya boshlashdi.

Kimdir Jorjga maslahat berdi, boshqalar esa shunchaki hazil-huzul qilishdi. Bugungi kunga kelib, Jorj qo‘ygan mazkur rasm 20 mingdan ortiq marotaba bo‘lishilgan. 

Sotuvchi tomoni hozircha bu holatga hech qanday izoh bermadi.

 

 

Top