10:06 / 31.05.2016
2699

Avigdor Liberman Isroilning yangi mudofaa vaziri bo‘ldi

Avigdor Liberman Isroil mudofaa vaziri sifatida qasamyod qildi.

"Bugun men Isroil davlatining yangi mudofaa vaziri sifatida qasamyod qildim. Ertadan o‘zimning yangi vazifamda ish boshlayman", deya ma'lum qilgan vazir o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Bundan oldinroq Isroil Vazirlar Mahkamasi Libermanni bir ovozdan Isroilning Mudofaa vaziri lavozimi uchun tayinlashga qaror qilishgan, Knesset (Isroil parlamenti - tahririyat) esa uning tayinlanishini tasdiqlagandi.

Xabar qilinishicha, Isroil TIVning sobiq rahbari va "Isroil - bizning uyimiz" konservati partiyasi yetakchisi Avigdor Liberman bu lavozimga tayinlanishi o‘tgan haftadayoq ma'lum bo‘lgan. 

Isroilning avvalgi mudofaa vaziri Moshe Yaalon 20 may kuni "ishonchsizlik" tufayli iste'foga chiqqandi.

Shu hafta boshlarida mamlakat bosh vaziri Netanyaxu, "Isroil bizning uyimiz" partiyasi hukmron partiyaga qo‘shilgudek bo‘lsa, Libermanga mudofaa vaziri lavozimini taqdim etishga va'da bergan edi.

Mahalliy matbuotda Yaalonga tovon sifatida tashqi ishlar vaziri vazifasi taqdim etilishi mumkinligi aytilgan.

Top