18:14 / 31.05.2016
3674

Dog‘istonlik Burger King'ni naggetslari reklamasi uchun sudga berdi

Dog‘istonlik Gaji Gusniyev Moskva Presnen rayon sudiga murojaat qilib, «Burger Rus» (Burger King restoranlar tarmog‘i) kompaniyasidan ustidan arz qilgan. U yetkazilgan ma'naviy zarar uchun 2 mln rubl tovon puli talab qilmoqda. 

Gap shundaki, arzchining uqdirishicha, restoranlar tarmog‘ining metrodagi reklamasi uning hamiyatiga tekkan. 

Uning fikricha, «69 rubl evaziga 9ta» reklamasidagi suratda naggetslar nojoiz shaklda joylangan.

Top