08:51 / 31.05.2016
4465

Iroq HHK IShIDning 7 nafar qo‘mondonini yo‘q qildi

Iroq harbiy-havo kuchlari tomonidan yo‘llangan zarbalar natijasida IShIDning 7 nafar qo‘mondoni o‘ldirilgan. Bu haqda RIA Novosti Iroq qurolli kuchlaridagi manbasiga tayanib xabar tarqatgan.

ANiqlik kiritilishicha, o‘ldirilgan qo‘mondonlar orasida jangarilarning razvedka va xavfsizlik xizmatiga javobgar shaxs ham bo‘lgan.

IShID yetakchilarini yo‘q qilishga qaratilgan harbiy amaliyotlar Anbar viloyatida, Suriya bilan chegaralar yaqinida o‘tkazilgan. Yo‘q qilinganlar orasida Frot viloyati shariat sudi qozisi ham bo‘lgani aytilgan.

Top