18:09 / 01.06.2016
3557

AQShda Zika virusidan jabr ko‘rgan go‘dak dunyoga keldi

Amerikaning Nyu-Jyersi shtatida Zika virusidan jabr ko‘rgan bola tug‘ildi. Bu haqida The New York Times xabar berdi. 

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloq mikrotsefaliyaning og‘ir turi bilan kasallangan. Bunda bolaning bosh miyasi shikastlanishi hamda bosh suyagi hajmi kichrayishi kuzatiladi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qizning 31 yoshli onasi homiladorlik paytida Hondurasda bo‘lgan va o‘sha yerda Zika virusini ilintirgan. Avval ta'kidlanganidek, Zika virusi mikrotsefaliyaga sabab bo‘ladi.

Top