12:11 / 01.06.2016
3255

Yevropaga intilayotgan mingdan ortiq qochqin halok bo‘lishi mumkin edi

O‘tgan haftada O‘rtayer dengizi orqali Liviyadan Italiyaga yo‘l olgan mingdan ortiq qochqinlar cho‘kib ketishi mumkin edi. Bu haqda muhojirlar bo‘yicha xalqaro tashkilot xabariga tayanib RIA Novosti xabar qildi

Avvalroq “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti Liviya qirg‘oqlarida kema halokati tufayli kamida 900 qochqin nobud bo‘lishi xavfi bo‘lganini bildirgandi. BMT muhojirlar masalasi bo‘yicha Oliy komissari esa uchta kema halokati natijasida 700 nafardan ortiq qochqinlarning hayotiga xavf solganini ma'lum qilgan. 

BMT muhojirlar masalasi bo‘yicha Oliy komissari rasmiy vakili Uilyam Spindler 31 may kuni Jyenevada 2016 yilda 2,5 ming o‘lim holatlari qayd etilganini bildirdi. Bu o‘tgan yil shu davr bilan taqqoslaganda 700 taga ko‘p. Vakilning aytishicha, chorshanba kuni taxminan 100 kishi, payshanba kuni – 550, juma kuni 170 kishi qurbon bo‘lgan. 

Muhojirlar masalasi bo‘yicha xalqaro tashkilot seshanba kuni 62 nafar qochqinning nobud bo‘lgani to‘g‘risidagi ma'lumotni tasdiqladi. Bundan tashqari, ularning hisobiga ko‘ra, 25 maydan 31 maygacha bo‘lgan muddatda O‘rtayer dengizida sodir bo‘lgan to‘qqizta halokatlar tufayli 971 nafar qochqin bedarak yo‘qolgan yoxud qurbon bo‘lgan.

Seshanba kuni BMT muhojirlar masalasi bo‘yicha Oliy komissari taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan haftada kamida 880 nafar odam hayoti xavf ostida qolgan. 

Italiya Sohil xavfsizlik xizmati xabari bo‘yicha, bir hafta ichida Sitsiliya bo‘g‘ozi hududida 13 ming nafardan ortiq odam qutqarib qolingan. Qurbon bo‘lganlardan 65 nafari, jumladan ularning uchta go‘dagining tanasi topilgan, xolos. 

Muhojirlar masalasi bo‘yicha xalqaro tashkilot ma'lumotiga ko‘ra, yil boshidan buyon Yevropaga 194,6 ming kishi kelgan. 1475 nafar qochqin bedarak yo‘qolgan yoki nobud bo‘lgan.

Top