21:36 / 01.06.2016
2967

Facebook reklamalarni samarali tarqatish uchun foydalanuvchilarini kuzatishda gumon qilindi

Janubiy Florida universiteti professori Kelli Byorns Facebook mobil dasturi o‘z foydalanuvchilarini kuzayotganligi haqidagi gumonlarini bildirdi. Bu haqida The Independent nashri xabar berdi.

Byorns dasturning asosiy funksiyalarini tekshirib ko‘rib, faol tarzda atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni eshita olishini aniqladi. Professorning fikriga ko‘ra, bu funksiya Facebook ijtimoiy tarmog‘iga reklamani samarali yo‘naltirishda va foydalanuvchilarga ma'lum bir mahsulot va xizmatlar haqidagi xabarlarni ko‘rsatishga yordam beradi.

O‘z nazariyasini amalda sinab ko‘rish uchun professor suhbatdoshlari bilan ma'lum bir mavzuni muhokama qilgan, keyin esa o‘z lentasida ularga bog‘liq bo‘lgan kontekst reklamalar paydo bo‘lishini kuzatgan.

Ijtimoiy tarmoq vakillarining ta'kidlashicha, bu funksiya dasturda bir necha yil avval paydo bo‘lgan. Dastur «atrofda sodir bo‘layotgan voqealar» haqidagi ma'lumotlarni yig‘adi va foydalanuvchilar qanday musiqa eshitishi va film tomosha qilishini tahlil qiladi. Shundan so‘ng, dastur bu haqida «post» qoldirish taklifini beradi. Ammo kompaniya axborot yig‘ish uchun smartfon mikrofonidan foydalanmaydi, funksiyani esa o‘chirib qo‘yish ham mumkin.

Top