23:49 / 01.06.2016
3582

Fransiya hukumati Booking.com servisidan 356 mln yevro talab qilmoqda

Fransiya soliq idoralari Booking.com onlayn-servisiga ega AQShning Priceline Group Inc kompaniyasidan to‘lanmagan soliqlar uchun 356 mln yevro tovon puli talab qilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"2015 yil dekabrda fransuz soliq idoralari Booking.com’ning qarzini 356 mln yevroga baholashgan, undan katta qismini jarima va foizlar tashkil qiladi", deb aytdi Priceline Group vakili.

Kompaniyada Booking.com Fransiya qonunchiligiga muvofiq "ishlagani va ishlashi", shuning uchun kompaniya unga qo‘yilayotgan talablar bo‘yicha shikoyat qilmoqchi ekanligi ma'lum qilindi.

Top