15:29 / 01.06.2016
15013

Merilin Monro tavalludiga 90 yil to‘ldi

1 iyun kuni aktrisa, qo‘shiqchi va Hollivud yulduzi Merilin Monro tavalludiga 90 yil to‘ldi. Asl ismi Norma Jin Beyker bo‘lgan aktrisa 90 yil avval Los-Anjyelesda kino montajchi Gledis Perl Beyker oilasida dunyoga kelgan. Ruhiy xastalikdan azob chekkan ona bilan kechgan og‘ir bolalikka Monroning "Mening hikoyam" avtobiografiyasida alohida sahifalar ajratilgan. 

Merlin katta ekranlarga modellar agentligi orqali qadam qo‘ygan va o‘zining asl to‘q rangli sochlarini och rangga bo‘yab, shiddat bilan kino ekranlarini zabt qila boshlagan. Uning eng yaxshi rollari "Jazda faqat qizlar", "Avtobus bekati", "Yettinchi yil inqirozi", "Niagara" kartinalarida ijro etilgan. Biroq yorqin siymolarni gavdalantirgan aktrisa keyinchalik uni jiddiy qabul qilmasliklaridan aziyat chekkan. Shunga qaramay, hozirgi kunga qadar endi chiqib kelayotgan aktrisalar muvaffaqiyatga erishish uchun aynan Monroning kinodagi faoliyatini o‘zlariga andoza qilib olishadi. 

Merlin Monroning o‘zi esa yuksak e'tirofga sazovor bo‘lib, afsonalar qahramoni va shu bilan birga barcha zamonlardagi eng qudratli Hollivud miflaridan biriga aylandi.

Top