10:27 / 01.06.2016
5916

NASA Plutonning eng yaxshi suratlarini namoyish qildi

2015 yilning dekabrida NASA aerokosmik agentligi mitti sayyora hisoblanmish Plutonning yaqin masofadan olingan o‘sha paytdagi eng yaxshi suratlarni ko‘rsatgan edi. Tasvir "Novyye gorizonty" ("Yangi ufqlar") kosmik apparatida olingan. Rasmlar kishilarni befarq qoldirmagan, albatta, lekin fotoset to‘liq emasdi. Yaqinda agentlik avvalgilaridan sifat jihatidan yaxshiroq suratlarga ega bo‘ldi.

"Hozirgi vaqtga qadar bu Pluton yuzasiga eng detallashtirilgan nigoh", - deya izohlaydi NASA agentligi.

Qulaylik uchun NASA olingan suratlarni videotasmada birlashtirdi. Fotosuratlarning to‘liq varianti agentlik saytida berilgan.

Olingan suratlarda sayyoraning tekis yuzasi tasvirlangan, uning tog‘ tizmalari va muzli tekisliklari. Barcha fotosuratlar "Novyye gorizonty" ("Yangi ufqlar") kosmik zondining bortida o‘rnatilgan LORRI (Long Range Reconnaissance Imager) kamerasida muhrlangan.

Top