09:40 / 01.06.2016
5122

Shimoliy Koreya OAVda Donald Trampni maqtashdi

Shimoliy Koreya OAVda AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod milliarder Donald Trampni «aqlli siyosatchi» va «uzoqni ko‘ra oladigan nomzod» sifatida olqishlab, Koreya yarimorolidagi ikki mamlakatni birlashtirishga yordam bera oladigan shaxs deya e'tirof etmoqda.

Guardian nashrining yozishicha, «KXDR bugun» gazetasida Trampning Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan bevosita muzokaralar o‘tkazish taklifi ma'qullangan. 

Bundan tashqari, Trampning prezident bo‘lib saylangudek bo‘lsa, Janubiy Koreyadagi Amerika qo‘shinlarini olib chiqish qarorini ham olqishlagan. 

Tahlilchilarning fikricha, maqola rasmiy Pxenyanning nuqtai-nazari hisoblanmasa-da, u Shimoliy Koreya hukumati buyurtmasiga ko‘ra yozilmaganiga ishonish qiyin. 

Foreign Policy In Focus tashkiloti ekspertiga ko‘ra, Tramp Kim Chen In uchun go‘yo Amerika siyosatchilari orasida, uning sevimli amerikalik basketbolchisi Dennis Rodman kabidir.

Top