20:34 / 01.06.2016
5714

Shirer Angliya terma jamoasi murabbiyini Yevro-2016 turniriga tuzgan tarkibi uchun tanqid qildi

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer milliy terma jamoa bosh murabbiyi Roy Hojsonni «Lester» jamoasi futbolchisi Deniyel Drinkuoterni 2016 yilgi Yevropa chempionati uchun zayavkaga kiritmagani uchun tanqid qildi.

«O‘ylaymanki, Drinkuoter turnirga olib borilishi kerak edi. Albatta, Deniyel murabbiyning qaroridan qattiq xafa bo‘ladi, axir u ajoyib mavsum o‘tkazgandi va Fransiyaga borish uchun munosib edi. Drinkuoter asosiy tarkibdan joy olish uchun haqli edi, lekin bu safar ham Angliya terma jamoasiga futbolchilar sport formasiga qarab emas, nechog‘liq mashhurligiga qarab tanlandi», — deydi Shirer BBC 5 live uchun bergan intervyusida.

Top