14:29 / 01.06.2016
5782

“Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining mamlakat bosqichi boshlandi

Jizzaxda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining mamlakat bosqichi boshlandi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 jamoa tarkibida 140 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada yuksaltirish maqsadida o‘tkazilayotgan an'anaviy musobaqa ishtirokchilari merganlik, kross, turnikda tortilish, granata uloqtirish, to‘siqli yo‘laklardan o‘tish, joy topografiyasi kabi harbiy-sport hamda ijtimoiy-huquqiy tayyorgarlik, xorijiy til bilimdonligi singari shartlar bo‘yicha bahslashadi.  

  
Safda yurish, safda qo‘shiq aytish, albom va vimpellar tayyorlash, joy topografiyasi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar  davom etmoqda.

Top