10:12 / 02.06.2016
3947

Tsukerberg Facebook Live orqali kosmonavtlar bilan suhbatlashdi

Facebook rahbari Mark Tsukerberg Xalqaro kosmik stansiyadagi kosmonavtlar Tim Kopra, Tim Pik va Jyeffri Uilyams bilan jonli muloqot qildi. Bu haqida The Guardian ma'lum qildi.  

Tsukerberg kosmonavtlar o‘tkazayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liq savollar berdi, shuningdek qanday qilib omadli kosmonavt bo‘lish mumkinligiga qiziqdi. 

Translyatsiya Facebook Live orqali amalga oshirildi. Videotasmaning to‘liq versiyasini Mark Tsukerbergning Facebook'dagi sahifasida ko‘rish mumkin.

Top