06:44 / 02.06.2016
5064

Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashi tuzilishini tanqid qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashi faoliyatini tanqid qildi va kengash a'zolarini ma'lum muddatga saylashga chaqirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Dunyo BMT Xavfsizlik kengashining insoniyat taqdirini hal qiluvchi beshta doimiy vakilidan kattaroq. Ular orasida birorta Afrika davlati, birorta musulmon davlati yo‘q. Qit'alar orasida bunday tengsizlik adolat tamoyillariga ziddir", deb aytdi Erdo‘g‘an.

2013 yilda Erdo‘g‘an Turkiya bosh vaziri bo‘lgan vaqtda BMTning zamonaviy tuzilishini tanqid qilib, unga muqobil tashkilot yaratish istagini bildirgandi.

Top