15:03 / 02.06.2016
5986

FIFA reytingi. O‘zbekiston MTJ 66-o‘rinda qoldi

FIFA terma jamoalar reytingini ma'lum qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi bir oy oldingi o‘rnida qolgan va ayni vaqtda 66-pog‘onani egallab turibdi. Qayd etish kerakki, O‘zbekiston terma jamoasi 3 oydan beri o‘z o‘rnini saqlab qolmoqda, terma jamoa xalqaro o‘yinlarda ishtirok etmayotgani bunga sabab bo‘lmoqda.

Reytingda birinchi pog‘onasida hamon Argentina terma jamoasi joylashib turibdi. Kuchli uchlikdan shuningdek Belgiya va Kolumbiya terma jamoalari o‘rin olgan. Amaldagi jahon chempioni Germaniya terma jamoasi esa to‘rtinchi o‘rinni band qilgan.

Osiyoda O‘zbekiston hamon 6-o‘rinda. Qit'a bo‘yicha Eron yetakchi (39), keyingi o‘rinlarni Janubiy Koreya (50), Yaponiya (53), Avstraliya (59) va Saudiya Arabistoni (65) jamoalari band etishgan.

MDH davlatlari bo‘yicha Ukraina (19-o‘rin) va Rossiya (29) O‘zbekistondan yuqorida qayd etilgan.

1. Argentina
2. Belgiya
3. Kolumbiya
4. Germaniya
5. Chili
6. Ispaniya
7. Braziliya
8. Portugaliya
9. Urugvay
10. Avstriya

7 iyun kuni O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi kutilayotgan Kanada terma jamoasi esa 363 ochko bilan 93-o‘rinda qayd etilgan. 

To‘liq reyting bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Top