16:25 / 02.06.2016
9291

Qozog‘iston yaqin 5 yil ichida MDH davlatlariga zirhli mashinalar eksport qila boshlaydi

Qozog‘istonning "Kazaxstan Paramaunt Injiniring" kompaniyasi yaqin besh yilda so‘nggi avlod zirhli harbiy mashinalarni MDH mamlakatlari, xususan Rossiyaga yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, zavod bosh direktori Yerbol Salimov KADEX-2016 qurol-yarog‘lar va harbiy texnikalar 4-xalqaro ko‘rgazmasida ma'lum qilgan.

Ostonada bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada, zavod tomonidan ishlab chiqilayotgan ko‘pmaqsadli g‘ildirakli zirhli mashinalar "Arlan" ("Paramount" janubiy Afrika kompaniyasining litsenziyasi asosida) namoyish etilgan. 

"Bu mashina o‘z toifasida eng yaxshilardan biridir, - degan Salimov. -U, pistirmadan amalga oshiriladigan hujumlarga bardosh bera oladi. Uning mina va o‘qqa qarshi chidamliligi yuqori". 

Bosh direktorning so‘zlariga ko‘ra,  "mashina respublika mudofaa vazirligi va boshqa ma'muriyatlar poligonlarida 3 yil mobaynida sinovdan o‘tgan".

Hozirgi vaqtda, zavod "Arlan" zirhli mashinasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan, ammo, Salimovning aytishicha, "kelasi ikki yilda boshqa shu turdagi mashinalar ham yig‘ila boshlanadi".

Top