15:28 / 03.06.2016
29133

«Garderobe» - Toshkentda bir nechta brendlarni birlashtirgan chegirmalar markazi ochildi

Sobiq MUM (TsUM) savdo markazining ikkinchi qavatida hamyonbop narxdagi zamonaviy liboslar do‘koni ochildi. 

Diskont-markazlar hech qachon Toshkentda juda mashhur bo‘lmagan. Toshkentliklar ilk marotaba bir nechta brendlar jamlangan do‘konda o‘zlarini sifatli xaridlar bilan xursand qilishlari mumkin, narxlar kezi kelganda bozordagidan arzonroq, sifat darajasi yuqori, o‘lchovlar bilan hech qanday muammolar bo‘lmaydi.

Diskont-markazlar — sifatli kiyim xaridorlari orasida keng tarqalgan dunyo tajribasi. Diskont-markazlar bir necha o‘n yillar avval paydo bo‘lgan, bu yerda joriy mavsumda sotilmay qolgan hamda omborga joylashtirish mo‘ljallangan buyumlar sotiladi. Diskont-markazlarda sotiladigan barcha tovarlar sifati bo‘yicha asosiy brend mahsulotidan hech ham qolishmaydi va ular 70 foiz chegirma bilan sotuvga qo‘yiladi. 

GARDEROBE Diskont — bu kiyimlar, o‘yinchoqlar va uy uchun kerakli jihozlarni hamyonbop narxlarda sotib olish mumkin bo‘lgan markaz, bu yerda Colin’s, Cacharel, Koton, KotonKids, BHS, U.S. POLO Assn., Bata, Celio, Morgan, Jennyfer, Pimkie, I am, Etam, YvesRocher, Okaidi, Pablosky, Flormar, Guess hamda bolalar uchun brend tovarlar taqdim etuvchi Erkatoy xalqaro franchayzing brendlari namoyish etilgan.

«GARDEROBE» sobiq MUMning ikkinchi qavatida joylashgan, u 1200 kvadrat metr maydonni egallaydi va bir necha shartli bo‘limlarga bo‘linadi. Xarid uchun maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida do‘kon brendlar bo‘yicha emas, kategoriyalarga qarab bo‘lingan. 

— Erkaklar bo‘limi do‘konning o‘ng tomonida. Bu yerda klassik kiyimlar bilan birga casual uslubidagi kiyimlar ham namoyish etilgan, jinsi kiyimlar taqdim etilgan JeansFactory alohida ajratilgan. 
— Poyafzal bo‘limi. Bo‘lim ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilmagan, bu yerda mavsumiy kiyimlar bilan birga nomavsumiy kiyimlar ham namoyish etilgan. 
— Ayollar bo‘limi. Bu yerda har qanday did va talabga javob beruvchi oqshom to‘plamlari bilan birgalikda casual kolleksiyalari ham joylashtirilgan.

— Homestore. Uy uchun shu yo‘nalish flagmani BritishHomeStore tomonidan taqdim etilgan barcha tovarlar.
— Ichkiyimlar. Xaridorlarga qulay bo‘lishi uchun Cotton, Etam, BHS va boshqa brendlarning ichkiyimlari bir bo‘limning o‘zida to‘plangan. 
— Bolalar bo‘limi. Bolalar kiyimlaridan tashqari bu yerda Erkatoy o‘yinchoqlar do‘konidan kichkintoylar uchun "o‘yinchoqlar jannati" yaratilgan. 

Nihoyat, YvesRocher va Flormar brendlarining pardoz-andoz mahsulotlarini o‘zida jamlagan kosmetika bo‘limi. Bu ikki brend mazkur diskont-markaz uchun istisno sifatida xizmat ko‘rsatadi, chunki ushbu bo‘limda chegirmalar yo‘q. Ikki brend ham nafaqat o‘zining sifati, balki hamyonbop narxi bilan ham nom qozongan. 

Barcha parametrlarga ko‘ra, yangi diskont-markazni shoppingsevarlar uchun jannat deb atash mumkin, chunki bu yerda har bir oila a'zosi o‘zini qiziqtirgan biror narsa topishi aniq!

Manzil: O‘zbekiston ko‘chasi, 17, sobiq MUM (TsUM) savdo markazi 2-qavat.
Telefon: +998(99) 855-55-58

Reklama huquqi asosida.

Top