19:21 / 03.06.2016
4124

Iroq kuzda 2 mlrd dollarlik yevroobligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda

Iroq hukumati 2016 yilning to‘rtinchi choragida 2 mlrd dollarlik yevroobligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda. Mamlakat moliya vaziri Hoshiyar Zibariy shu haqda ma'lum qilgan.

RIA «Novosti» agentligining xabariga ko‘ra, Iroq hukumatining kuz mavsumini tanlashining ham sababi bor. Kuzda rasmiy Bag‘dod XVJdan moliyaviy yordam olishi kerak. Xususan, sentabr oyida Iroq hisobiga 600 mln dollar o‘tkaziladi. 

«Bu choralarning barchasi bizning kredit reytingimiz yaxshilanishi va ancha foydali foiz stavkalarida kredit olishimizga asos bo‘ladi», — degan moliya vaziri. 

Zibariyning qo‘shimcha qilishicha, Iroq moliyaviy yordamlar bilan tashqi qarziga oid foizlarni 5–6 foizga qisqartirish niyatida. 

May oyi o‘rtalarida, XVJ Iroqqa 3 yil muddatga 5,4 mlrd dollarlik kredit liniyasi ochish rejasini e'lon qilgan edi.

Top