18:05 / 03.06.2016
12674

Ko‘z saratoniga qarshi dori topildi


Yuta universiteti tadqiqotchilari ko‘z raki yoki retinoblastoma kabi davolash qiyin bo‘lgan zararli o‘simtalarni davolashning yangi usulini ishlab chiqishdi. Yaratilgan dori vositasi saraton kasalliklarining tarqalishi va o‘sishiga turtki bo‘luvchi oqsilni bloklaydi. Ushbu tadqiqotga bag‘ishlangan maqola Cancer Cell jurnalida chop etilgan. 

Retinoblastomaning avj olishi ARF6 oqsilini kodlovchi Gαq genining mutatsiyasi bilan bog‘liq. Bu birikma o‘simtaning o‘sishiga sabab bo‘luvchi bioximik signallarning tarqalishida muhim rol o‘ynaydi. Olimlar Gαq genining mutatsiyasi zararsizlantirishning usulini topishdi.

Olimlarning ta'kidlashicha, ARF6 funksiyalarini bloklash nafaqat retinoblastomani davolashda yordam beradi, balki zararli o‘simtalarning boshqa turlari - teri saratoni, bosh miya saratoni yoki buyrak saratonini davolashda ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, 11ta holatdan 6tasida yangi preparat o‘simta paydo bo‘lishining oldini oladi.

Top