01:20 / 03.06.2016
10481

Messining otasi: hujjatlar bilan men shug‘ullanganman, Lionel esa ularga o‘qimasdan imzo qo‘yardi

Ispaniya sudi oldida soliqlarni to‘lashdan qochgani uchun javob berayotgan "Barselona" klubi va Argentina terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi uning moliyaviy ishlari bilan otasi shug‘ullangani, uning o‘zi esa butun e'tiborini futbolga qaratganini aytdi.

Lionelning aytishicha, u o‘z otasi Xorxe Messiga to‘liq ishongan, u esa o‘g‘lining moliyaviy ishlarini olib borgan. Futbolchining ta'kidlashicha, u hech qachon soliqlar mavzusi bilan qiziqmagan va bu savolni otasi bilan muhokama qilmagan. Sportchining aytishicha, u otasi bergan hujjatlarni imzolagan, chunki otasiga ishonadi va o‘z o‘g‘lini aldagan bo‘lishiga ishonmaydi.

"Men e'lonlar qilishim, suratga tushishim va hokazolar uchun ma'lum haq beradigan turli homiylar bilan shartnomalarni imzolaganimizni bilaman. Biroq pullar qanday o‘tkazilganidan umuman bexabarman", deb aytdi Messi. 

Futbolchining otasi o‘g‘lining so‘zlarini tasdiqladi va barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

"Hujjatlarni men yurgaza olishim mumkinligi, o‘g‘lim esa butun e'tiborini futbolga qaratishi uchun shunchaki o‘g‘limning hayotini yengallashtirmoqchi edim. Leo yaratilgan kompaniyalar, shartnomalar haqida hech narsa bilmagan, u shunchaki hujjatlarga imzo qo‘ygan", deb aytmoqda Xorxe Messi.

Barselonada bo‘lib o‘tayotgan sud boshlanishi oldidan sud binosi oldida futbol muxlislari yig‘ilishdi, ulardan ba'zilari Messi nomiga haqoratlar aytgan.

Top