01:13 / 04.06.2016
6569

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini London metrosidagi Turgenevning buzib keltirilgan bitiklari achchiqlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini London metrosida rus yozuvchisi Ivan  Turgenevning "Otalar va farzandlar" romanidan olingan parchaning o‘z aslidan buzilgan holda joylashtirilishi achchiqlantirdi. Ruslar haqidagi iboraning suratini TheQuestion loyihasi yaratuvchisi Tanya Soloveva feysbukdagi sahifasida chop etdi

Blogerning fikricha, posterdagi ibora Turgenev romanidagi parchaning buzilgan holda keltirilgan shaklidir. "Aristokratlik, liberallik, taraqqiyot, prinsiplar... befoyda so‘zlar! Ruslarga ular kerakmas" deb yozilgandi Penguin Books britan nashriyotining reklama posterida.

Aslida esa roman qahramoni, qonun-qoidalarni inkor etuvchi talaba Yevgeniy Bazarov aytgan bu parcha quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan: 
"Aristokratlik, liberallik, taraqqiyot, prinsiplar, — deb aytardi Bazarov, — shuncha xorijiy va befoyda so‘zlar! Ruslarga ular tekinga ham kerakmas".

Posterda muallifning ismi keltirilmagani bois, sharhlovchilar mumtoz asardan olingan parchani bilisha olishmagan va bu iborani nashriyot o‘ylab topgan deb o‘ylashgan. Bu esa inglizlar nomiga ko‘plab g‘azabli izohlarni yuzaga keltirgan. 

Roman qahramoni Yevgeniy Bazarov jamiyatdagi barcha qadriyatlar va an'anaviy asoslarni inkor etadi. Bazarov dvoryanlar Kirsanovlarning liberal va o‘z ota-onasining konservativ g‘oyalariga qarshi chiqadi.

Top