08:38 / 04.06.2016
7451

OAV: Saudiya Arabistoni qiroli o‘g‘li AQShda muzokaralar o‘tkazmoqchi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi o‘rinbosari, qirol Salmonning o‘g‘li Muhammad ibn Salmon Al-Saud iyun o‘rtasida AQShda bir necha yuqori lavozimdagi amaldorlar bilan muzokaralar o‘tkazmoqchi. Qirol o‘g‘li AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashishi ehtimoli mavjud, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Muhammad qirollik sudi va mudofaa vazirligini boshqaradi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, u Pentagon rahbari Eshton Karter bilan uchrashishi kerak. Tomonlar jumladan Yaman va Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishlari kutilmoqda.

Manbalardan birining aytishicha, Muhammad ibn Salmon Vashingtonga 14-16 iyun kunlarida keladi, so‘ngra Nyu-Yorkda moliyachilar bilan uchrashadi va ehtimol Los-Anjyelesga tashrif buyuradi. Uning bu safari haqida hali rasman ma'lum qilinmagan.

Ta'kidlanishicha, muzokaralar energetik bozorlardagi vaziyatning yomonlashishi hamda Vashington va Ar-Riyod o‘rtasidagi murakkab munosabatlar ortida bo‘lib o‘tadi.

Top