10:40 / 04.06.2016
7203

Pentagon: Vetnam Amerika qurollari uchun muhim bozordir

Amerika Qo‘shma Shtatlari Vetnamni qurol-yarog‘lar yetkazib berish uchun muhim bozor deb hisoblaydi, deb bayonot bergan Amerika mudofaa ma'muriyati rahbari Eshton Karter. U, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik bo‘yicha Xalqaro konferensiyaning plenar yig‘ilishi "Shangri-la dialog"da qilgan ma'ruzasida shunday fikrlarni bildirgan.

"Yaqinda, prezident Barak Obamaning Xanoyga taraxiy safari bo‘lib o‘tdi", - deb yodga olgan Pentagon rahbari, unda "qurol-yarog‘lar yetkazib berish bo‘yicha taqiq bekor qilingani"ni ta'kidlagan. 

"Vetnam bozori, AQSh qurollari uchun katta va muhim hisoblanadi", - deya qayd etgan Eshton Karter.

Bundan tashqari, Amerika mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, Indoneziya, Malayziya, Filippin va mintaqaning boshqa davlatlariga ham Amerika quroli yetkazib beriladi.

Top