12:48 / 04.06.2016
8145

Tojikiston elektron vizalarni amalga kiritdi

Tojikiston xorijlik sayyohlar uchun elektron vizalarni joriy etdi. Endilikda, anketani to‘ldirish va Tojikiston vizasini olish uchun Tojikistonning xorijdagi konsulligiga borish shart emas, deb xabar qiladi RIA «Novosti». 

e-Visa elektron vizalarini berish https://www.evisa.tj. havola orqali amalga oshiriladi. Saytdan biznes va sayyohlik vizasini olish mumkin. 

Viza olishni istaganlar bank kartochkasi orqali 50 dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. Uning arizasi ma'qullansa, elektron pochta orqali viza taqdim etilgani to‘g‘risida xabar keladi. 

Tojikiston elektron vizasi 90 kun davomida amal qilsa-da, uning egasi 45 kun mobaynida respublika hududida tura oladi.

Top