13:27 / 04.06.2016
20084

Turkmaniston prezidenti mamlakat aholisi uchun imtiyozlarni bekor qilishni ilgari surmoqda

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, mamlakat aholisi uchun ijtimoiy imtiyozlarni bosqichma-bosqich bekor qilish fikrini ilgari surmoqda. Bu imtiyozlar bozor islohotlarini samarali amalga oshirishda to‘sqinlik qilayapti, degan davlat rahbari. 

Mahalliy OAVlari xabarlariga ko‘ra, mamlakat rivojlanishining joriy yil 5 oyi yakunlariga bag‘ishlangan hukumat majlisida ma'ruza qilgan turkmanboshi, mustaqillikning ilk yillarida qabul qilingan va xalqga ko‘plab imtiyozlar taqdim etgan qonunlarni navbati bilan o‘zgartirish lozimligi haqida so‘z yuritgan. 

"Bugungi kunda xalqimiz turmush darajasi ancha yuqori, bu imtiyozlar esa, bozor iqtisodiyotiga o‘tishimizni qiyinlashtirmoqda", — degan Berdimuhammedov. 

Ammo, Turkmaniston yetakchisi, qaysi imtiyozlar qachon bekor qilinishiga oydinlik kiritmagan. 

Turkmanistondagi eng mashhur ijtimoiy imtiyozlar sirasiga, aholining eletr energiyasi, tabiiy gaz, suv va osh tuzidan bepul foydalanishga o‘rnatilgan imtiyozli cheklovlar kiradi.

Top