22:52 / 04.06.2016
16130

Ukraina viloyatlaridan biri rahbarining o‘rinbosari uyi ostidan oltinlar va tunnel aniqlandi

Ukraina huquq-tartibot muassasalari Ukraina qahramoni, Nikolayevsk viloyati davlat ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Nikolay Romanchukning uyida tintuv o‘tkazdilar. Yaqinda Romanchuk 90 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushgandi.

Romanchukning uyi ostida seyflar joylashgan yashirin yer osti yo‘li aniqlandi. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari seyflarni ochib anchagina qiziqarli narsalarni aniqlashgan.

"Bir necha yuz ming dollar naqd pul, oltin taqinchoqlar va fashist xochlari bo‘lgan jamodon aniqlandi", deb yozdi Ukraina bosh harbiy prokurori Anatoliy Matios feysbukda.

Oltin va pullardan tashqari, amaldor oltin yombi, qadimiy ikona va antikvariat saqlagan. Seyflardan birida korruptsion kelishuvlar haqidagi "qora" buxgalteriya hujjatlari aniqlangan.

Top