12:51 / 04.06.2016
10344

«Hamkorbank»dan xorijiy valyuta operatsiyalariga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi

O‘zbekiston Markaziy banki «Hamkorbank»dan avval joriy etgan yuridik shaxslar bilan xorijiy valyuta operatsiyalarni amalga oshirishga qo‘ygan cheklovni olib tashlaganini ma'lum qildi. Bu haqdagi ma'lumot MB saytiga juma kuni joylashtirildi.

Fevralda MB olti oy muddatga «Hamkorbank»ning yuridik shaxslar bilan xorijiy valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqini to‘xtatgan edi. Cheklov mazkur muddatdan avvalroq bekor qilindi.

«Hamkorbank» 1991 yilda Andijonda «Andijonbank» sifatida faoliyatini boshlagan. 2000 yilda esa ayni damdagi nomga ega bo‘lgan. Bugungi kunda butun respublikada filiallar tarmog‘iga ega.

Bank aksionerlari orasida — Xalqaro moliya korporatsiyasi (2010 yil maydan) va Gollandiya tadbirkorlikni rivojlantirish davlat korporatsiyasi (FMO, 2014 yil oktabrdan) o‘rin olgan.

«Hamkorbank» moliyaviy hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yil yakunlariga bo‘yicha bank aktivlari 2,966 trln so‘mni, majburiyatlari — 2,665 trln so‘mni, bir yil davomidagi foydasi esa 89,85 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Top